#talaba_yutuqlari
🚣🚣🏻♀️Joriy yilning 8-10 may kunlari Xitoyning Nanchang shahrida sportning baydarka va kanoeda eshkak eshish turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Unda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar safida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarining ham borligi quvonchlidir.
💦🚣🏼♂️Jumladan, universitetning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari Diyorbek Mamatqulov va Muhammadali Mirismanov C-2 1000 m masofada 🥈kumush medaliga, C-2 500 m masofada Kamoliddin Rahmatullayev hamda Azimjon Sotvoldiyev 🥉bronza medaliga, qizlar o‘rtasidagi K-1 500 m masofada esa Anira Tanatmisheva 🥈kumush medaliga sazovor bo‘ldilar.
👏💐Sportchi talabalarimizga medallar muborak bo‘lsin!