#talaba_yutuqlari
🥊Joriy yilning 10-15 aprel kunlari Ozarbayjon davlatida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turniri sportchilarimiz uchun yaxshi natijalar bilan yakunlandi.
✅Xususan, erkaklar terma jamoamiz turnirda 🥇1 ta oltin, 🥈2 kumush va 🥉4 ta bronza medalini qo'lga kiritib, yurtimiz dovrug‘ini yana bir bor jahonga tanitdilar.
🇺🇿O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi uchun quvonarli tomoni, mazkur g‘olib va sovrindorlarimiz safida oliygohimiz talabalari ham bor. Ular bilan tanishing:
🥇-63,5 kg Sayat Ilyasov
🥈-57 kg Nodirbek Allaberganov
🥉-48 kg Behruz Xoldorov
👏💐Sportchi talabalarimizga medallar muborak bo‘lsin!