#universitet_hayotidan
📆Joriy yilning 2-sentyabr sanasidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Malayziyaning Pendidikan Sulton Idris universiteti til o‘rgatish bo‘yicha instruktori doktor Muhammad Hilmi Che Ahmad tomonidan xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy vositalarni ommalashtirish borasida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
🏆Universitetning O‘zbek va chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan mazkur seminar-treninglar asosan “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuv va axborot texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida olib borilmoqda.
✅Shuningdek, xorijiy mutaxassis kafedra professor-o'qituvchilari hamrohligida yurtimizning diqqatga sazovor joylari bilan ham yaqindan tanishmoqda.
📍Ma’lumot uchun, Muhammad Hilmining universitetimizga tashrifi 2024-yil 30-sentyabrga qadar davom etadi.