#uchrashuv
2024-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston muaytay assotsiatsiyasi bosh kotibi Jamshid Bekmurodov, O‘zbekiston muay-tay federatsiyasi Toshkent shahar bosh kotibi Ro‘ziyev Abdunazar hamda universitetning Jangovor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shuhrat Arslonov, kafedra mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘zbek jangovar yakkakurash sport turlarini rivojlantirish, mazkur sport turidagi iqtidorli sportchilarni saralash, shuningdek musobaqalar tashkil etish borasida takliflar bildirildi.
Yakunda tomonlar o‘rtasida esdalik sovg‘alari ulashildi hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida kelishib olindi.