📢📢📢O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI TALABALARI VA MAGISTRANTLARI DIQQATIGA !!!👩🎓🧑🎓
🌟Bilimga chanqoq va iqtidorli talabalar uchun ajoyib imkoniyat! !
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlariga arizalarni qabul qilish jarayonlari boshlandi...📚
🔰 Ushbu stipendiyalar mamlakatimizning iqtidorli va bilimdon yoshlari uchun mo'ljallangan bo'lib, ta'lim olishda qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Stipendiyalar har yili eng munosib nomzodlarga taqdim etiladi.
Stipendiyalarning afzalliklari:
- O'qish uchun moliyaviy qo'llab-quvvatlash.
- Ilmiy va tadqiqot ishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar.
- Magistratura bosqichi talabalari uchun doktorantura bosqichida, bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa magistratura bosqichida davlat granti asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyati.
🔰 2023/2024 o'quv yilida davlat stipendiyasiga sazovor bo'lishni istagan talabalarimizni "Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi"ga chorlab qolamiz.
Ertangiz va kelajagingiz uchun mas'ulyatli bo'ling!📈💰
Tanlovlarda ishtirok eting, bilim va iste'dodingizni namoyish eting!
Arizalar:
✅ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi;
✅ Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasi;
✅ Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi;
✅ Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi;
bo'yicha 01.07.2024 sanasiga qadar qabul qilinadi.📑
🔔Qo'shimcha ma'lumot uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga murojat qiling!
➡️ A-bino 120-xona
📲Tel.: +99888-649-04-44