🗞Bugun, 14-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qoʻshma dastur doirasida tashkil etilgan Oʻzbek-Belarus qoʻshma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakultetining bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilariga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
⏩Unda universitet birinchi prorektori Sh.Mirzanov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor J.Zarifboyev, fakultet dekani G.Asatova, Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti vakili Vektorya Xarkova, professor-oʻqituvchilar hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.
✅Marosim davomida soʻzga chiqqanlarning barchasi bitiruvchilarni samimiy qutlab, ularning kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat tiladilar.