#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
🇺🇿Ma'lumki, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab muhtasham haykal o‘rnatish hamda unga “Matonat madhiyasi” deb nom berish taklifi bildirilgan edi.
🎗Shu munosabat bilan, kecha 9-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida “Matonat madhiyasi” majmuasining ochilish marosimida faol ishtirok etib, majmuaga gulchambarlar qo‘yishdi.
📍Ma’lumot o‘rnida, mazkur yodgorlik majmuasi Ikkinchi jahon urushida besh nafar oʻgʻlidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bagʻishlab barpo etilgan.