Universitet talabalarining 2021 yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishiga erishish, shuningdek talabalarning siyosiy dunyoqarashini yana-da boyitish maqsadida 651 – saylov uchastkasida Kurash fakulteti talabalari bilan “Siz saylovga tayyormisiz” mavzusida amaliy tadbir tashkil qilindi.
Bu tadbirda talabalar saylov jarayonida ishtirok etishni amaliyotda o‘rgandilar. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari saylov jarayoniga oid talabalarning savollariga atroflicha javob berdilar.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy