#universitet_hayotidan
🔷Joriy yilning 27-fevral kuni universitetning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Tojiboyev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori o‘rinbosari M.Meyerbekovalar ishtirok etishdi.
Anjuman kafedra mudiri K. Ziyadullayev tomonidan ochib berildi. Shundan so‘ng bir guruh talaba-yoshlar tomonidan sport menejmenti va marketing jarayonlarida innovatsion g‘oyalar kabi mavzularda taqdimotlar qilindi.
🔶2024-yil 28-fevral sanasida esa Yengil atletika, biatlon nazariyasi va uslubiyati kafedrasida bo‘lib o‘tgan anjuman “Yengil atletika – ilmiy faoliyat orqali yuksaklik sari” deb nomlandi.
✅Har ikki anjuman yakunida eng yaxshi taqdimot egalari Universitet bosqichiga tavsiya etildi.