#xushxabar
Bugungi kunda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligi hamda ilmiy salohiyati yuksaltirish, shuningdek, ularni psixologik jihatdan ham rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Bunda esa oliygohning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari xizmati katta.
Ana shunday fidoiy ustozlardan biri – olim, psixologiya fanlari doktori, universitetning Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professori Gʻayrat Shaumarovdir.
Eng quvonarli tomoni, Shaumarov Gʻayrat Baxromovichga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi sifatida Akademik ilmiy unvoni berildi.
Oliygoh jamoasi ham ustozimizni mazkur yuksak unvon bilan samimiy qutlaydi!
Ma’lumot o‘rnida, Gʻayrat Shaumarov faoliyati davomida 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifiga aylangan, 40 dan ortiq fan nomzodlariga ilmiy rahbar, 10 nafardan ortiq fan doktoriga ilmiy maslahatchi bo‘lgan.