#yig‘ilish
Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh prorektorlari, bo‘lim rahbarlari, fakultet dekanalari va mas’ullari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-noyabrda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar hamda 2023-yil 1-dekabrdan boshlab qonunchilikda bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, kun tartibidagi boshqa qator masalalar bo‘yicha ham hisobotlar tinglandi.