#davra_suhbati
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Paralimpiya va qishki sport turlari fakulteti talabalari, para kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari, bir necha bor Respublika va xalqaro turnirlar sovrindorlari Nasiba Abdullayeva, Oydinoy Mansurova hamda para velosportdan Aziza Qosimovalar ishtirokida “Matonat sohibalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Aliyeva, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi, faxriy ustoz Klara Shakirjanova, tyutor va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida tadbir qahramonlari o‘zlarining hayot yo‘llari hamda sportdagi yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Turfa sinovlariga o‘z matonati va mustahkam irodasi bilan javob berib kelayotgan sportchi qizlarimiz haqidagi videoroliklar esa barchada ulkan taassurot qoldirdi. Shuningdek, oliygohning 1-kurs magistranti, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Kamola Pulatovaning ijodidan namunalar tinglandi.
Faxriy ustoz K.Shakirjanova ham talaba-qizlarga o‘zining ilm sohasi va oilaviy munosabatlarda as qotadigan maslahatlarini berib o‘tdi.