#talabalar_bandligi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarning bo‘sh vaqtidan unumli foydalanishlari hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga qarashli “Garnet Team” MChJ kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida “Garnet Team” MChJ bosh direktori Klim Yunusov, asistent Leyla Rahimova hamda oliygohning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J.Zarifboyevlar tomonidan kompaniya haqida to‘liq ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, xorijiy tillarni yaxshi egallagan talabalar uchun kompaniyada soatbay ishlash imkoni mavjudligi va bu orqali ular qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishlari mumkinligi alohida qayd etildi.