O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-son qarori bilan tasdiqlangan 4-ilovaning 5.1-bandida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining o‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq jihozlash vazifasi belgilangan.
Belgilangan vazifalardan kelib chiqib, universitetning o‘quv auditoriyalariga zamonaviy interaktiv doskalar, smart ekranlar xarid qilinib, kompyuter xonalari talab darajasida jihozlandi hamda internet tarmog‘iga ulandi. Natijada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali o‘quv materiallari o‘quv jarayoniga tatbiq etilib, bir vaqtning o‘zida taʼlim oluvchilarga ko‘rish, o‘qish, eshitish, mulohaza qilish va qayta-qayta takrorlab o‘z bilimlarini oshirish imkoniyati yaratildi.
Universitetda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv auditoriyalarida o‘rnatilgan zamonaviy interaktiv doskalar, smart ekranlar, kuzatuv kameralari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi mutasaddi xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi va yuqori baholandi.