#talabalar_ligasi
Joriy yilning 14-noyabr kunidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqlarining Universitet bosqichi boshlandi.
Musobaqa davomida kafedra bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 130 ga yaqin yigit-qizlar jamoalarga bo‘lingan holda, voleybol sport turi bo‘yicha ilk o‘yinlarni o‘tkazishdi.
Unga ko‘ra yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin Sport o‘yinlari fakulteti;
2-o‘rin Sportni boshqarish fakulteti;
3-o‘rin Paralimpiya va qishki sport turlari fakultetiga nasib etdi.
qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin yana Sport o‘yinlari fakultetiga;
2-o‘rin Yakkakurash sport turlari fakultetiga;
3-o‘rinni esa Sportni boshqarish fakultetining talaba-qizlari egallashdi.
Eslatib o‘timiz, “Talabalar ligasi”ning Universitet bosqichi belgilangan reja-jadval asosida davom etadi.