2023-yil 11-12 noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida karate WKF sport turi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Toshkent viloyati chempionti bo‘lib o‘tdi.
Chempionatning ochilish marosimida so‘z olgan universitetning Karate, dzyudo nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Shuxrat Arslonov musobaqa qatnashchilarini Qozogʻistonning Almati shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ko‘rsatgan natijalari bilan tabrikladi va ularga Prezidentning joriy yil 3-noyabr kuni qabul qilingan “Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-356-son qarori haqida ham atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Aytish joizki, 400 ga yaqin sportchilar ishtirok etgan ushbu musobaqa bevosita O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanma berish imkoniyatini taqdim etishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Yakunda esa Sh.Arslonov Toshkent viloyati karate federatsiyasi tomonidan yurtimizda karate sportni rivojlantirishda qo‘shgan ulkan hissasi uchun munosib taqdirlandi.