E’lon‼️
Universitetimizning barcha magistrantlari diqqatiga!
2023 yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xanchjou – 2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan oliygohimizning magistr talabalari ishtirokida davra suhbati hamda master-klasslar o‘tkaziladi.
Ushbu master-klass o‘tkazilishidan asosiy maqsad:
-xalqaro musobaqalarda ishtirok etish tajribasini o'rganish;
-xorijiy davlatlar tajribasi va sport tizimi;
-sport faoliyatida ko'p yillik tayyorgarlik tizimi;
-shuningdek, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Tadbirning o‘tkazilish vaqti va manzili: 2023-yil 13-noyabr, soat 11:00 da Talabalar madaniyat saroyida!
Barcha magistrantlarimizdan mazkur tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz!
Magistratura bo'limi.