#yashil_makon
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish jarayonlari oliygohning Futbol fakulteti tomonidan davom ettirildi.
Unda universitet Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor I.Ibragimov, fakultet dekani D.Ismagilov, Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda oliygohning futbol yo‘nalashi talabalari bo‘lgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zolari, Osiyo o‘yinlari sovrindorlari Begimov Yeldorbek, Shoxjaxon Sultonmurodov, Ibrohim Ibragimov, Otabek Juraqo‘ziyev, Jaloliddin Sodiqov, Hamidulla Abdunabiyev va Alisher Odilovlar ishtirok etishdi.
Qayd etish kerakki, o‘zbek futboli rivoji yo‘lida xizmat qilayotgan mazkur sportchi talabalarimiz belgilangan hududlarga turli daraxt navlarini ustozlari bilan birgalikda ekib, oliygoh hududi obod bo‘lishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.