Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport o‘yinlari fakultetining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda fakultet rahbariyati tomonidan talabalarga universitet Odob-axloq kodeksi, jinoyatchilikning oldini olish, shartnoma shartlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda 2022-2023 o‘quv yili yakuni bo‘yicha qarzdor talabalarning qayta o‘qish jarayoni kabi bir qator masalalar yuzasidan zaruriy ma’lumot va tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv so‘ngida esa talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.