#InnoWeek_2023
Bugun ham O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida haftalik doirasida bir qator tadbirlar, jumladan: “Mualliflik huquqini himoya qilish” borasida davra suhbati, “Etnosportni rivojlantirish bo‘yicha elektron platforma yaratish” hamda “Aholini ommaviy sog‘lomlashtirishning innovatsion sport klasterini tashkil etish” kabi grant loyihalar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Bo‘stonliq Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari tomonidan “Raqamli texnologiyalar – ta’lim jarayonida” mavzusida qilingan taqdimot talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.