#psixolog_faoliyati
#xotin-qizlar_faoliyati
Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining TTJda oliygoh Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Aliyeva, psixolog J.Ashirova, professor-o‘qituvchilar, tarbiyachi-pedagoglar hamda talaba-qizlar ishtirokida "Xotin-qizlar orasida maslahat kuni" tashkil etildi.
Tadbir doirasida o‘rtaga tashlangan “Ilmli qiz millat ko‘zgusi”, “Erta turmushning oqibatlari” hamda qizlar o‘rtasida psixologik muhitni barqarorlashtirish kabi dolzarb mavzularda fikr-mulohzalar bildirildi. Aytish joizki, mazkur tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, unda faol qatnashishga harakat qilishdi.
Shuningdek, tadbir davomida universitet Yoshlar itifoqi koordinatorlari va "Qizlarjon" klubi yetakchilari tomonidan talaba-yoshlarni o‘z tanlagan kasblari bo‘yicha muvaffaqiyatga boshlovchi loyihalar to‘g‘risida motivatsion taqdimotlar qilindi.