O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Qizlar-millat tayanchi” shiori ostida “Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun” mavzusida Respublika forumi tashkil etildi.
Unda respublikamizning barcha hududlaridan 200 nafarga yaqin yetakchi qizlar tashrif buyurib, forum doirasida milliy liboslar namoyishi, taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari hamda qiziqarli suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Eng ahamiytalisi, forumda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sportni boshqarish fakulteti talabasi, “Qizlarjon klubi” sardori Jamila Axatova hamda fakultet tyutori Umida Arziyevalar ham faol ishtirok etishmoqda!