Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rektorining Xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisini saylash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov, Chirchiq shahar Xotin-qizlar bo‘limi vakili D.Xaydarova hamda oliygohning ayol professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari ishtirok etishdi.
Saylov jarayonini universitetning birinchi prorektori Sh.Mirzanov ochib berdi va oliygohda xotin-qizlar faoliyati bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga to‘xtalib, nomzodlarlarga omad tiladi. Shundan so‘ng nomzodlari ko‘rsatilgan: Sh.Aliyeva, N.Mirdjamalova hamda D.Raxmatovalarning saylovoldi dasturlari tinglandi. Saylov jarayonlari esa ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalardan kelib chiqib, Aliyeva Shirin Baxtiyarovna eng ko‘p ovoz bilan universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi lavozimiga saylandi.