Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ishchi-xodimlar va talabalar ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Toshkent viloyati Chirchiq shahar FVB xodimlari tomonidan yong‘inni oldini olish va is gazidan zaharlanish holatlarida zaruriy choralarni ko‘rish bo‘yicha nazariy maʼlumotlar berildi hamda mazkur holatlarni bartaraf etish amaliy tarzda maxsus texnikalar yordamida ko‘rsatib o‘tildi.