#ota_onalar_forumi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki sport turlari va paralimpiya hamda Yakkakurash sport turlari fakulteti tomonidan o‘tkazilgan “Ota-onalar forumi” qizg‘in jarayonlarga boy bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, navbatdagi forum universitetda OTM va oila hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan “Ota-onalar maktabi” faoliyati tashkil etilishi va mazkur maktab – taʼlim-tarbiyada yaxshi natijalarga erishishga zamin bo‘lishi taʼkidlandi. Shuningdek, forumga tashrif buyurgan talabalarning ota-onalari tomonidan ham asosli takliflar bildirildi.
Undan tashqari forum doirasidagi iqtidorli sportchi talabalarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy–qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarini befarq qoldirmadi. Yakunda esa o‘zlarining intiluvchanligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan bir guruh talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.