Asrlar davomida o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari-yu an’analarini o‘zida aks etgan milliy liboslarimiz bo‘lmish atlas va adraslar mana necha asrlardan buyon jahon xalqlarini hayratga solib kelmoqda.
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham “Xon atlas” festivali munosib ravishda nishonlandi.
Festival doirasida iste’dodli rassomlar tomonidan chizilgan ijodiy ko‘rgazma va milliy liboslar namoyishi tashkil etildi. Eng muhimi, festivalda nafaqat oliygoh talaba-qizlari, balki ayol professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etib, ular tomonidan she’r va aytishuvlar, laparlar kuylandi. Bu esa festivalning yana-da jonli bo‘lishini ta’minladi.