Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Sport o‘yinlari fakulteti bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazildi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanov, fakultet dekani A.Boltayev, oliygoh Yoshlar ittifoqi raisi X.Tursunov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda magistarantlar va talabalar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida bitiruvchilarni qiynayotgan ayrim muammolar hamda yakuniy imtihon va bitiruv oldi himoyalari jarayonlarida yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘z navbatida bitiruvchilar tomonidan yo‘llangan savollarga mas’ullar atroflicha javob qaytarishdi.