#tanlov
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida san’atga oshno talaba-yoshlar o‘rtasida “Havaskor gitara ishqibozlari” nomli ko‘rik tanlov o‘tkazildi.
Unda universitetning barcha fakultetlaridan 10 dan ortiq talabalar qatnashdi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining zamonaviy gitara cholg‘u asboboni chalish bobidagi mahoratini nayomon etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, har bir chiqish hakamalar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Unga ko‘ra:
1-o‘rin: Ravshanbek Begmatov (Ko‘pkurash fakulteti);
2-o‘rin: Elyor Chalix (Qishki va murakkab-teknik sport turlari fakulteti);
3- o‘rin: Sarvar Hakimjanov (Tibbiyot fakulteti).
Yakunda g‘olib talabalarga diplom va pul mukofotlari, faol ishtirokchilarga esa tashakkurnomalar topshirildi.