Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Risboyev, Ko‘pkurash sport turlari fakulteti dekani A.Tangriyev, Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri X.Matnazarov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida oliygohda 2023 yil mart-aprel oylarida korrupsiyaga oid sodir etilishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, qonun buzilishi, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari to‘g‘risida maʼlumotlar yetkazildi. Shuningdek, bo‘lim boshlig‘i S.Risboyev tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilariga talabalarning dars mashg‘ulotlariga qatnashish ko‘rsatkichlari qoniqarsiz ekanligi alohida qayd etilib, o‘tkaziladigan har bir nazorat ishlarida shaffoflikni taʼminlash yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.