Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ko‘pkurash sport turalari fakulteti dekan muovini D.Qalandarov, professor-o‘qituvchilar va oliygoh psixologi J.Ashirovalar tomonidan Chirchiq shahar 14-umumiy o‘rta taʼlim maktabi 5-11 sinf o‘quvchilari ishtirokida “Zo‘ravonlikni oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida universitet vakillari hamda psixolog tomonidan bolalar huquqlari, pedagog xodimlarning lavozim majburiyatlari haqida batafsil to‘xtalib, o‘quvchilarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka nisbatdan qonunchilikda qatʼiy choralar belgilab qo‘yilganligi to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tildi.