Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Ko‘pkurash sport turlari fakultetining Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Yurtimizda og‘ir atletika sport turining rivojlanishi va istiqbollari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
E’tiborlisi, unda Eronlik og‘ir atletika bo‘yicha murabbiy, jahon rekordchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Said Alixossayniy mehmon bo‘ldi. Anjuman davomida mutaxassis iqtidorli talaba-yoshlarning og‘ir atletika sportining bugungi kundagi dolzarb muammolari va yechimlariga doir qilgan taqdimotlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ularga zaruriy tavsiyalarini berib o‘tdi.
Yakunida esa faol ishtirok etgan talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.