Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rektori M.Boltabayev boshchiligidagi rahabriyat jamoasi hamda talaba-yoshlarning ota-onalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida universitet rahbari tomonidan kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalariga belgilangan muddat asosida to‘lov shartnomasi shartlarining bajarilmaganligi va shu boisdan ularning farzandlari talabalar safidan chiqarilganligi haqida ma’lumot berilib, bunday loqaydlik oqibati hech qanday e’tirozlarga sabab bo‘la olmasligi alohida qayd etildi. O‘z navbatida uchrashuvga tashrif buyurgan ota-onalar ham yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan fikr-mulozalar bildirilib, oliygoh rahbariyatidan yana bir imkoniyat berilishini taklif etishdi.
Yakunda esa ota-onalar tomonidan berilgan taklif hamda bidirilgan fikrlar asosida mazkur jarayon qaytadan muhokama etilishi, shuningdek, bu bo‘yicha chiqarilgan xulosalar ularga fakultet dekanlari orqali yetkazilishi aytib o‘tildi.