Joriy yilning 28-fevral va 1-mart kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohda faoliyat olib borayotgan ayol professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimalar o‘rtasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollar spartakiadasi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida ayollarimiz sportning badminton, estafeta (400 metrga yugurish), voleybol hamda stol tennis turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi. Qizg‘in baxslarga boy bo‘lgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida:
1-o‘rinni – Sport o‘yinlari fakulteti jamoasi;
2-o‘rinni – Sportni boshqarish va turizm fakulteti jamoasi;
3-o‘rinni – Qishki va murakkab texnik sport turlari fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib jamoalarni taqdirlash 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida bo‘lib o‘tadi.