2023-yil 24-25 fevral kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Sport o‘yinlari fakulteti, Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasida tahsil olayotgan mutaxassislik guruh talabalari o‘rtasida sportning stol tennis turi bo‘yicha Rektor Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida sportchilar g‘oliblik uchun qizg‘in bahslar olib borib, o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi.
G‘olib va sovrindor deb topilgan talabalarga esa yakunda diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.