Bugun O‘ZDJTSUda oliygoh Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti hamda Ko‘pkurash sport turlari fakulteti tomonidan 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Olima ayollar – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti raisi M.G‘anieva, Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Mirjamalova, olima ustoz-murabbiylar va Ko‘pkurash sport turlari fakulteti talaba-qizlari, magistrantlar hamda doktorantlar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritilib, mazkur yo‘nalishda o‘z ilmiy izlanishlarini olib borayotgan bir qator talaba-qizlarning savollariga atroflicha javob qaytarildi.