Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish, ularni san’at va musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida qoraqalpogʻistonlik estrada xonandasi „Nihol“ davlat mukofoti sovrindori, mahoratli aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Maxset Oʻtemuratov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor N.Dusanov, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor J.Zarifboyev, rektor masalahatchisi U.Turaqulov, bo‘lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv qiziqarli savol-javoblar hamda Maxset Oʻtemuratov tomonidan kuylangan jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlarga boy bo‘ldi.
Yakunda esa universitet rahbariyati uchrashuv qahramoniga tashrif uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.