Joriy yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar o‘rtasida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 30 yil to‘lganligi munosabati bilan sportning suzish turi bo‘yicha Universitet ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda barcha talaba yigit-qizlar faol ishtirok etib, mazkur sport turi bo‘yicha o‘zlarining bor mahoratlarini namoyon etishdi. Shuningdek, oliygohning 4-bosqich talabalari ustozlariga musobaqani tashkillashtirish hamda hakamlik qilish borasida ko‘mak berib borishdi.
Yakunda esa g‘olib bo‘lgan talabalarga medal va diplomlar topshirildi.