Xabaringiz bor, 2022-yil 3-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-114 sonli qarori bilan Kuzatuv kengashi tashkil etilgan edi.
Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha Kuzatuv kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Dastlab, Kuzatuv kengashi yig‘ilishi Sportni rivojlantirish vaziri Adkham Ikramovning kirish soʻzi bilan boshlandi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Maxmudjon Boltabayev va Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Rashid Matkarimovlarning hisoboti tinglandi.
Yigʻilish davomida tashkiliy masalalar hisoblangan, jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kuzatuv kengashi tarkibi va nizomi, shuningdek, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining 2022-yildagi faoliyat natijalari va 2023-yilda ustuvor vazifalari muhokama qilindi.