Shu hafta davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Sportni boshqarish va turizm hamda Ko‘pkurash sport turlari fakultetlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ining 31 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz - faxrimiz, g‘ururimiz” nomli bayram tadbilari tashkil etildi.
Unda fakultet dekanlarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, universitet TTJ tarbiyachi-pedagoglari, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirlar davomida talabalar tomonidan bayrog‘ haqida qo‘shiqlar kuylanib, she’rlar aytildi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilimini sinash maqsadida bayrog‘ to‘g‘risida savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi.
Yakunda esa professor-o‘qituvchilar milliy ramzimiz hamda unga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.