Joriy yilning 25-27 fevral kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar o‘rtasida boks sport turi bo‘yicha universitet birinchiligi o‘tkazildi.
Talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishini yana-da rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan birinchilikda universitetning boks yo‘nalishida taʼlim olayotgan 120 nafardan ortiq sportchi talabalar 10 ta vazn toifasida ringa chiqishdi.
Janglar davomiyligi uch raund uch daqiqadan iborat shaklda, AIBA qoidasi bo‘yicha o‘takazildi.Takidlash joyizki musobaqada bosh xakam Sh.Karimov boshchiligida to‘liq xakamlik boks yo‘nalishi 4-bosqich talabalri tomonidan amalga oshirildi.
Musobaqada I, II, III o‘rinni olgan talabalar medal, diplom hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.