O‘zDJTSU tashkil etilgan “Ekofaol talabalar” guruhi ishtirokida atrof-muhit chiqindilardan tozalandi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va muhofaza qilish maqsadida “Ekofaol talabalar” nomli volontyorlar guruhi shakllantirilgan bo‘lib, ular ishtirokida atrof-muhitni obodonlashtirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, mazkur ekofaol talabalar tomonidan joriy yilning 11-iyun sanasida universitet hamda unga yondosh hududlar va ariqlardagi chiqindilar tozalandi. Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etib, o'zlarining ekologik mas'uliyatlarini namoyish etdilar.
Aytish joizki, ushbu tadbir nafaqat oliygoh hududining tozaligini ta’minlash, balki yoshlarni ekologik masalalarga jiddiy yondashishga undash bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.




