Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Sportni rivojlantirish vazirligi vakillari hamda universitet rahbariyati jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i S.Aliyev, prokuratura boshqarma katta prokurori Sh.Nazarov, Sportni rivojlantirish vazirligi, vazir maslahatchisi A.Karimov, universitet rektori M.Boltabayev, barcha fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim rahbarlari va kefedra mudirlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida universitet faoliyatida erishilayotgan yutuqlar bilan birga, ayrim muammo va kamchiliklar mavjudligi haqida fikr yuritildi. Jumladan, o‘quv hamda qabul jarayonlarida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilganligi, bu kabi salbiy hatti-harakatlarning oldini olish maqsadida esa tizimni bosqichma-bosqich raqamlashtirib borish aytildi. Shuningdek, ilmiy salohiyatning hamon pastligi va sohada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar taqchilligining muqobil yechimi sifatida joriy yilning noyabr oyida yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda undagi maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini muntazam bajarib borish zarurligi haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi.