Joriy yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 4-bosqich talabalarining malakaviy (bitiruv oldi) amaliyotini o‘tash jarayonlarini o‘rganish va 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilarining ishga joylashish natijalari monitoring tahlili bo‘yicha onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyat sport boshqarmalari va mahallalar vakillari, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.Dusanov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i J.Jumaniyozov, barcha fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida talabalar bilan ishlash jaryoni qanday kechayotganligi, ularning amaliyotdagi ishtiroki qay darajada ekanligi hamda kunlik yuritayotgan hisobatlari to‘g‘risida joylarga yuborilgan vakillardan hisobat qabul qilindi. Shuningdek, oliygohning 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilarining ishga joylashish natijalari ham tahlil qilindi. Unga ko‘ra, umumiy bitiruvchilar soni 761 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 663 nafari ish bilan ta’minlangan. Jumladan, 287 nafari BO‘SMlarga, 6 nafari Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga, 110 nafari turli tashkilotlarga, 260 nafari boshqa vazirlik va idoralarga ishga joylashgan. Qolgan 98 nafar bitiruvchilar esa ishga joylashish jarayonida ekanligi qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida rahbariyat tomonidan talabalarning amaliyotni o‘tashda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari va bandlik masalalari bo‘yicha mas’ullarga bir qator ko‘rsatmalar berib o‘tildi.