2022 yilning 3-oktyabr kuni Checheniston davlat pedagogika universitetida “Talabalar sporti, muammolar va yutuqlar” mavzusida xalqaro “Aylana stol” ilmiy anjumani o‘tkazildi.
Anjuman Checheniston davlat pedagogika universitetining “Jismoniy madaniyat” fakulteti va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Paralimpiya” fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi.
“Aylana stol” ilmiy anjumanida Ukrainaning Lugansk davlat pedagogika universiteti, Rossiyaning Stavropol davlat jismoniy tarbiya va sport instituti, Osetiya davlat jismoniy tarbiya va sport universitetlari talabalari, magistrlari, doktorantlari, yosh olimlari onlayn shaklda ishtirok etdi.
Aylana stolda talabalar sportidagi muammolar va uning yechimlari mavzusida muammolar muhokama qilindi.