Avval xabar berganimizdek, bitiruvchi kurs talabalarimizning 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab amaliyot o‘tash tartibiga bir qator o‘zgartirish kiritilgan edi.
Unga ko‘ra, talaba-yoshlarimiz o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallarida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarida bevosita qatnashishlari belgilandi. Ayni vaqtda ushbu tartibdagi amaliyot jarayonlari davom etmoqda.
Xususan, Yakkakurash sport turlari fakulteti Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari ham mazkur amaliyot davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini tashkillashtirish ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, amaliyotdagi bunday o‘zgarishlar prezidentimizning 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan edi.