Joriy yilning 6-16 oktyabr kunlari Bahrayn Qirolligi Ogʻir atletika boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada qitamizning eng kuchli polvonlari qatori hamyurtlarimiz ham medallar uchun kurash olib borishadi. E'tiborlisi, bir yoʻla 4 nafar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Koʻpkurash sport turlari ogʻir atletika ixtisosligi talabalari shohsupada yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 6 oktyabr kuni sportchi-talabalarimiz quyidagi tarkibda Manama (Bahrayn Qirolligi)ga yoʻl oladi:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-49 kg: Jamila Panfilova
-81 kg: Rigina Adashboeva
Ushbu nufuzli musobaqada talabalarimizga omad tilab qolamiz!