Xabaringiz bor, respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab o‘tkazilgan “TechnoWays” – texnologik rivojlanish marafonining Toshkent viloyati bosqichida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iqtidorli talabalari ham o‘zlarining bir qancha loyihalari bilan ishtirok etishgan edi.
Ana shu talabalarimizdan Z.Jumaboyeva hamda D.Niyozovlar marafon davomida turli usullar yordamida boyitilgan va o‘ziga xos yondashilgan loyiha taqdimotlari bilan qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Har sohadagi o‘zgarishlarga labbay deya javob qaytara oladigan talaba-yoshlarimizga ofarin deb qolamiz!