O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘tkazilayotgan Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musoboqasi tabora qizg‘in tus olmoqda. Unda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar o‘zlarining bor mahoratini namoyish etib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqda.
Jumladan, xorazmlik sportchi Diyorbek Ro‘zmetov erkaklar o‘rtasida 61 kg vazn toifasi bo‘yicha dast ko‘tarishda 120 kg, siltab ko‘tarishda 138 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 258 kg natijani qayt etib, dast ko‘tarish mashqida Osiyo rekordini yangiladi. Eslatib o‘tazmiz, amaldagi Osiyo rekordchisi vatandoshimiz Husinboy Matrasulov Birlashgan Arab Amirliglarining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan musoboqada 119 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun, ushbu musobaqada universitetning og‘ir atletika yo‘nalishi talabalaridan 81 kg vazn toifasida Muxammadqodir Toshtemirov hamda 89 kg vazn toifasida Sarvar Zafarjonov g‘oliblik uchun bahsga kirishadilar.
Barcha sport ixlosmandarini musobaqaga taklif qilib qolamiz!