Shu kunlarda respublikamiz hududlari bo‘ylab “TechnoWays” – texnologik rivojlanish marafoni bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur “TechnoWays” marafoni iqtidorli yoshlarning loyihalarini har tomonlama rivojlantirib, texnologik bilimlarining boyishiga xizmat qilishi bilan katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Marafon yakunida 3 ta eng yaxshi loyihalar saralab olinishi belgilangan.
Ayni damda esa marafonning Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham bir nechta iqtidorli talabalari, yosh olimlari ishtirok etishmoqda. Jumladan, Z.Jumaboyeva, D.Niyozov, B.Botirov, M.Raximova hamda Sh.Gaziyevlar o‘z taqdimotlari bilan faollikni qo‘ldan boy berishayotgani yo‘q!