Ma’lumki, yurtimizda O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha katta siyosiy jarayon bo‘lib o‘tdi. Bu borada bir qancha amaliy ishlar olib borilib, qonun loyihalari ishlab chiqildi hamda loyiha asosida Konstitutsiyaning bir qator moddalariga tuzatishlar kiritilishi ko‘zlandi.
Bunday muhim siyosiy jarayonda yorqin kelajak va ertangi kuniga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro o‘zining fikr-mulohazalari, takliflarini bildirib bordi.
Aytish joizki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining jamiyatda bo‘layotgan har qanday o‘zgarishga e’tibor bilan yondashadigan ahil jamoasi ham faollikni qo‘ldan boy bermadi!
Shu munosabat bilan Konstitutsiyaviy komissiyaning Takliflar bilan ishlash guruhi universitetimiz jamoasiga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taqdim etgan asoslantirilgan takliflarini yo‘llaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi!
Shu bilan birga universitet jamoasiga mustahkam sog‘liq-salomatlik, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat va omad yor bo‘lishini tilab qoladi!